Berilgan puldan ortiqchasi

Assalomu alaykum! Bir insonning qo‘lida ishchi bo‘lib ishlayman. Mening ham qo‘l ostimda 3 ta ishchim bor. Boshlig‘imiz har hafta ma’lum miqdorda xarjlarimiz uchun pul berib turadi. Ba’zida bu pulni tejab ishlatishga harakat qilaman. O‘sha berilgan puldan tejab ishlatilib, ortib qolgan puldan o‘zim uchun foydalansam bo‘ladimi? Javob uchun rahmat. Alloh barchamizni O‘zi sevgan bandalari safidan qilsin! Amiyn!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Joiz emas. Tejalgan taqdirda ham ishchilarning haqqi hisoblanadi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:28 | Савол-жавоблар | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar