Allohga bo‘lgan muhabbat

Assalomu alaykum! Men Allohga bo‘lgan muhabbatim darajasini qanday bilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Shofe’iy o‘z qasidalarida :
Ilohga osiy bo‘lib, muhabbatingni izhor qilasan
Qiyoslab qaralsa, bu muhol va ajib ishdir
Agar muhabbating sodiq bo‘lganida edi, unga itoat qilgan bo‘lar eding.
Muhabbat qiluvchi muhabbat qilganiga itoatli bo‘ladi.
Har kun senga u tarafidan yangidan-yangi ne’matlar bor.
Sen esa shukurni zoe qiluvchisan.
deganlar. Kishining muhabbati itoatining miqdoricha bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:29 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar