Plastikdan pul echish

Assalomu alaykum! Men birovdan 3.000.000 so‘mlik mahsulot sotib olib, 1.800.000 so‘m naqd berdim, 1.200.000 ming qarz bo‘ldim. O‘sha zahoti 1.200.000 so‘mni dollarga aylantirib, “siz mendan 200 dollar qarzdorsiz” dedi. Keyin men ichida 1.350.000 so‘m puli bor plastik kartani olib bordim. U odam avval plastikdan 10% saqlab qolgandi, kartada 1.200.000 qoldi va 200 dollarni o‘sha paytdagi narxga hisoblab, plastikdan echib oldi. Savol quyidagicha: Birinchi : olib qolgan 10% foizi sababli men ham roboga aralashib qoldimmi? Ikkinchi: Aslida so‘mga menga mahsulotini sotib, so‘mdagi qarzimni plastikdan dollar kursida echib olishi to‘g‘rimi? Buxoro shahar Jondor tumanidan Rahimov Nasim 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savdoning boshida 1.800.000 naqd, 200 dollar nasiyaga narsa olgan hisoblanasiz. Chunki 200 dollar o‘sha paytda belgilangan. Qolgan 200 dollar evaziga kartadan qancha pulga kelishib berishingiz o‘zingizga havola. Qarzdor odam qarzini muddati etganida ayni o‘zini berishi shart emas. Kelishilgan holda dollar evaziga so‘m, so‘m evaziga dollar yoki ikkisining evaziga biror boshqa narsa ham berishi mumkin. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:30 | Савол-жавоблар | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar