Mashinani qarzga sotish

Assalomu alaykum! Bir tanishim nooddiy tijorat yo‘li bilan shug‘ullanadi. Ya’ni odamlarga mashinani qarzga (vaqti-vaqti bilan to‘lab berish sharti evaziga) sotadi. Uni nooddiyligi shundaki, bunda mashina olmoqchi bo‘lgan odam, bozordan biror mashina tanlaydi, tanishim esa o‘sha mashinani o‘z hisobidan sotib olib, oluvchiga mashinaning ustiga ma’lum miqdorda (masalan 7000 dollor bo‘lsa 8000 qilib) ma’lum vaqt ichida to‘lab berish evaziga pul qo‘yib sotadi. Bu ishini u “ribo” deb hisoblamaydi. Shu to‘g‘rimi? Bir joyda “foyda keltiradigan qarz ribodir” deb o‘qigan edim. Shu savolimga javob istab ilm ahliga murojaat qilmoqdaman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Buni “Taqsit savdosi” deyilib, bu shar’an joiz. Quyidagi linkda ushbu savdo haqida batafsil bilib olasiz. Vallohu a’lam.[url=https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/savdo/322-ta-sit-savdosi

26 Май 2022, 15:30 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar