Futbolda "bukmeker"lik

Assalomu alaykum! Alloh qilayotgan ishlaringizga baraka berib, ilmlaringizni bundanda ziyoda qilsin. Aziz ustozlar, bizda bir masalada savol tug‘ilib qoldi. Hozirda futbol o‘yinlarida “bukmeker”lik rivojlanib bormoqda. Buday ish bilan shug‘ullanadigan kishilar o‘yin natijalarini oldidan taxmin qilish bilan yutuqga ega bo‘ladilar, yoki ega bo‘lmaydilar. Bunda pul bilan bog‘liq tomoni shaklan bir necha xil bo‘lib, men bilganlarimda odatda taxmin qilish ma’lum bir to‘lov evaziga amalga oshiriladi. Taxmin to‘g‘ri chiqsa, belgilangan mukofotga ega bo‘ladi. Ya’ni mukofot hajmi noto‘g‘ri taxmin qilgan ishtirokchilarga bog‘liq emas. Mana shu jarayon orqali daromad qilish halolmi? Shuni bilmoqchi edik. Tashakkur! 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri taxmin qilganlar pulga kuyib qoladimi yoki yo‘qmi?

26 Май 2022, 15:30 | Савол-жавоблар | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar