Nifos xususida

Assalomu alaykum! Savol ayol kishi birinchi tug‘ishi bo‘lsa odati o‘zgaradi va nifos qonini vaqti ham o‘zgaradimi? U 40 kundan avval to‘xtasa, qachadan keyin g‘usl qilib, namozini va ro‘zasini tutiishi mumkin? Qaysi vaqtdan eri bilan  qo‘shilishi joiz? Ayol kishida 1-2 kun qon kelib to‘xtasa, g‘usl vojib emas tahorat qilib namozini o‘qiydi, lekin eri bilan 15 kungacha qo‘shilmaydi, shuning sharhini tushintirib beringlar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ayolning birinchi tug‘ishi bo‘lsa, qon to‘xtashi bilan g‘usl qilib, namoz va ro‘zasini boshlaydi. Eri bilan yaqinlik qilishi ham joiz. Mabodo 40 kun ichida yana qon kelib qolsa, namoz, ro‘za va yaqinlikni to‘xtatib turadi. Qon to‘xtagach yoki 40 kun bo‘lgach g‘usl qilib yana davom ettiraveradi. Hayz boshlanishi yoki tugashi qon ko‘rmasdan ham bo‘lishi mumkin. shunga ko‘ra 1-2 kun qon ko‘rgan ayol 15 kun ichida yana qon ko‘rib qolsa, odatidagi kunlari qon bo‘lib, qolganlari istihoza bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:34 | Савол-жавоблар | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar