Ayollar bilan salomlashish

Assalamu alaykum! Telegramdagi saboqlar “Bot”i orqali Hazratimizning bir saboqlari kelib qoldi Iqtibos: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf saboqlari. 71-saboq “Chiroyli ayollarga, shuningdek, bid’atchi, behayo, fosiq va kofir kimsalarga salom berilmaydi va alik olinmaydi” «Ijtimoiy odoblar» kitobidan @Saboqlar_bot Iqtibos tugadi. Agar biz bir idorada ishlasak, u joyda biz bilan chiroyli ayollar ham birga ishlasa, (hatto bir xonada) ular bilan salom-alik qilish joiz emasmi? Ularning salomiga alik olmasak, vojibni tark qilganimiz uchun gunohkor bo‘lib qolmaymizmi? Uning ustiga hamkasblar orasida turli tushunmovchiliklar ham kelib chiqishi mumkin. Agar Hazratimizning saboqlarini noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam Allohning O‘zi kechirsin. Shuning uchun bir xulosaga kelishdan oldin sizlardan so‘rashni joiz deb topdim.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Fiqhiy kitoblarda “Ayollarning salomiga alik olish vojib emas” deyilgan. Ayollar bilan zarurat yuzasidan, undan boshqa chora qolmagan holatda so‘zlashishga ruxsat berilgan. Siz aytgan ayollar ham muslima bo‘lsalar kerak. Shariatda aytilgan narsani inkor qilmasalar kerak. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:34 | Савол-жавоблар | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar