Homiladorlikdagi hayz

Assalomu alaykum! Homiladorlikda hayz ko‘rsa, namoz o‘qisa bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! وَمَا نَقَصَ عَنْ أَقَلِّ الْحَيْضِ أَوْ زَادَ عَلَى حَيْضِ الْمُبْتَدَأَةِ، وَهُوَ عَشَرَةُ، أَوْ عَلَى نِفَاسِهَا، وَهُوَ أَرْبَعُونَ، أَوْ عَلَى الْعَادَةِ فِيهِمَا، وَجَاوَزَ أَكْثَرَهُمَا، وَمَا رَأَتْ حَامِلٌ: اسْتَحَاضَةٌ لَا تَمْنَعُ صَلَاةً وَلَا صَوْمًا وَلَا وَطْئًا.
Hayzning ozidan kam bo‘lgan yoki dastlab hayz ko‘ruvchining hayzidan ziyoda bo‘lgan – u o‘n kundir, – yoki (dastlab) nifos ko‘ruvchining nifosidan ziyoda bo‘lgan – u qirq kundir, – yoki ikkisidagi odatga ziyoda bo‘lib, ikkisining ko‘pidan ham ortib ketgan hamda homilador ko‘rgan narsa istehozadir.
U namozni ham, ro‘zani ham, jinsiy yaqinlikni ham man qilmaydi.(“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:35 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar