Ruh va jasad
Assalamu alaykum! Oldingi bergan savolimga juda chiroyli va tushunarli jovob berganlaringiz uchun katta rahmat. To‘g‘risi shunday sayt ochganlaringizga xursandman. Hozirgi fitna davrda hammagayam ishonib savol bera olmaydi odam. To‘g‘ri ilm olsa edi hamma, balki vatanfurushlar kamayarmidi. Islomga endigina qadam bosganim uchun ko‘p savol berayotgandurman, buning uchun ming bor uzr. Lekin bir javobingizni o‘qib yana savol tug‘ildi. Qiyomatgacha jasad qabrda ruh esa(shunga loyiq bo‘lsa) jannatga kiradi degansizlar. Yana bir joyda qabr azobiga uchragan odamni ruhi kelib xabar olarkan. Savol : Agarda ruh bilan jasad boshqa-boshqa joyda bo‘lsa, biz qaysi birida bo‘lamiz? Ya’ni biz qaysi birida nimani xis qilamiz? Mana ruh jannatda bo‘lsa, jasad qabrda bo‘lsa, biz jasadni holatini his qilib qabrda yotamizmi yoki ruhni his qilib, ruh bo‘lib yuramizmi? Axir ikkalasiyam o‘zimizku. Yana kichkina savolim Imom Al-Buxoriy qaysi mazhabda bo‘lganlar? Birdaniga ikkita savol berganim uchun ming bor uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taoloning O‘zi biladi.
Imom Buxoriyning fiqhiy mazhablari haqida ahli ilmlar turlicha gaplarni aytganlar.
Tojuddiyn Subkiy o‘zining «Tobaqotush Shofe’iyya» ktobida, Siddiq Hasanxon o‘zning Abjadul Ulum» kitobida va Ibn Hajar o‘zining «Fathul Boriy» kitobida Imom Buxoriyning shofe’iy mazhabida bo‘lganlarini aytganlar.
Ibn Qayyum al-Javziyya o‘zining «E’lomul muqi’iyn» kitobida va Ibn Abu Ya’lo o‘zining «Tobaqotul Hanobila» kitobida Imom Buxoriyni hanbaliylardan deganlar.
Shayx Tohir Jazoiriy, shayx Muhammad Zakariyo Kandehlaviy va boshqalar Imom Buxoriy o‘zlari mujtahid faqih bo‘lganlar deydilar. Ushbu gapni ko‘pchilik qo‘o‘lab quvvatlaydi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:36 | Савол-жавоблар | 148 | Turli savollar