Issiq sovuq qilish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Men qo‘limdan kelganicha o‘zimga pok yuraman, tozalikka rioya etaman. Lekin 5 mahal namoz o‘qiy olmayman. Men bir qizga unashtirilganimdan so‘ng, menda o‘z-o‘zidan qo‘rquv, qalbimda g‘ashlik va xavotir paydo bo‘lib, fe’l atvorim o‘zgarganini sezdim. Ko‘pchilik “seni kimdir o‘qitgan” deb aytishayapti. Lekin bunga o‘zim ishonmayman. Mening savolim quyidagicha. Issiq- sovuq qilish va odamlarni o‘qish bor narsami? O‘qitilgan odam bu narsalarga ishonmasa unga ta’sir etadimi? Agar ta’sir etsa bundan qanday qilib qutilishning ilojisi bor? Javobingiz uchun katta rahmat. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن أبي هريرة ، قال : قال رسول الله - صلى الله عليه وآله وسلم - : " إذا أذنب العبد نكت في قلبه نكتة سوداء ، فإن تاب صقل منها ، فإن عاد زادت حتى تعظم في قلبه ، فذلك الران الذي ذكره الله - عز وجل - ( كلا بل ران على قلوبهم
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Qachon banda gunoh qiladigan bo‘lsa, qalbida bir qora dog‘ paydo bo‘ladi. Agar gunohidan tavba qilsa, qalbi sayqallanadi. Gunohga qaytsa, dog‘ ham ziyoda bo‘ladi. Oqibatda qalbidagi dog‘ kattalashib ketadi. Alloh taoloning ushbu oyatida zikr qilgan :
 كَلَّا بَلْ رَانَ عَلَى قُلُوبِهِم مَّا كَانُوا يَكْسِبُونَ  ۝
Yo‘q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog‘or bo‘lib o‘rnashib qolgandir.
mog‘or o‘shadir". Hokim rivoyati.
 فَخَلَفَ مِن بَعْدِهِمْ خَلْفٌ أَضَاعُوا الصَّلَاةَ وَاتَّبَعُوا الشَّهَوَاتِ فَسَوْفَ يَلْقَوْنَ غَيًّا ۝
59. Bas, ularning ortidan bir o‘rinbosarlar qoldiki, ular namozni zoe qilib, shahvatlarga ergashdilar. Bas, tezda yomonlikka yo‘liqurlar.
Rohmanning oyati tilovat qilinganda, yig‘lab, sajdaga otiladigan hassos zotlar ortidan ularning o‘rinlariga nobakor, fosiq va betavfiq o‘rinbosarlar keldi. Bu  betavfiq   kimsalar namozni zoe qildilar. Namozni zoe qilish, uni o‘qimaslik eng katta musibat ekanini ushbu oyati karimadan bilib olsa ham bo‘ladi. Namozni tark etgan odam har qanday yomonlikdan, gunohdan tap tortmaydigan bo‘lib qoladi. Shuning uchun mazkur nobakor o‘rinbosarlarning namozni zoe qilganlari zikr etilgandan keyin shahvatlarga ergashganlari bayon etilmoqda. Ya’ni ular havoyi nafslari nimani istasa, shuni qiladigan bo‘lib qoladilar. Jumladan, aroqxo‘rlik, zinokorlik, ayshu ishrat, o‘yin-kulgi kabi shahvatlar shular jumlasidandir. Endi ular namozni zoe qilib, shahvatlariga ergashib yuraveradilar.
«Bas, tezda yomonlikka yo‘liqurlar».
Namozni zoe qilgach, shahvatga ergashadi. Shahvatga ergashgan zalolatga yuz buradi. Zalolatga ketganga esa halokat etadi. Lekin, baribir Alloh taolo mehribon, ularga yana bir bor imkon berib, tavba eshigini ochdi:
 إِلَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَأُوْلَئِكَ يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ وَلَا يُظْلَمُونَ شَيْئًا ۝
60. Magar kim tavba qilsa va iymon keltirib, amali solih qilsa, bas, ana o‘shalar jannatga kirurlar va hech zulm qilinmaslar.
Namozni zoe qilib, shahvatlariga ergashib yurganlardan kim tavba qilsa, noshoyista amalidan afsus-nadomat chekib, tamomila to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, so‘ngra iymon keltirib, mo‘min bo‘lsa va yaxshi amallarni ado etsa, yomonlikka uchramaydi. Balki
«...ana o‘shalar jannatga kirurlar...»
Noil bo‘lgan iymonlari va ado etgan yaxshi amallari evaziga jannatga doxil bo‘lurlar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:37 | Савол-жавоблар | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar