Uy bekasi beva ekan
Assalamu alaykum! Muhtaram ustozlar! Biz talabamiz, ijarada turmoqchi bo‘lgan uyda, chamasi 45 yoshlar, 12 yoshli bolasi bor beva uy bekasi bor ekan. Bizlar 4-5 bola shu uyda yashasak bo‘ladimi? Oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Ahmad ibn Hanbal Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan bo‘lsa, mahrami yo‘q ayol bilan xoli qolmasin, aks holda uchinchilari shayton bo‘ladi», deganlar. Agar nomahram erkak va ayol birga qolsalar, hech bo‘lmaganda boshqalarda shubha tug‘iladi, turli gap-so‘zlar ko‘payadi. Bu esa ifk hodisasi kabi musibatlarga olib keladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari ham bu masalada juda hushyor bo‘lganlar. Imom Abu Dovud keltirgan rivoyatda quyidagilar bayon qilingan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam masjidda e’tikof o‘tirganlarida zavjai mutahharalari Sofiyya onamiz kechasi u zotni ziyorat qilgani keldilar. Suhbatlari tugab, u kishi qaytib ketayotganlarida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam u kishini kuzatib eshik oldiga bordilar. Ikkovlari gaplashib turganlarida ansoriylardan ikki kishi o‘tib qoldilar. Ular Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ko‘rishlari bilan tez yurib keta boshladilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkovlariga: «Shoshmanglar! Bu ayol Sofiyya bintu Huyaydir», dedilar. Ular: «Subhanalloh! Ey Allohning Rasuli!» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, shayton odamlarning qon tomirlarida yuradi. Ikkovingizning qalbingizga biror yomonlik solmasin, deb qo‘rqdim», dedilar. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkakning qo‘li nomahram ayolning hech bir joyiga tegmasligi lozimligini qattiq tayinlaganlar. O‘zlari bay’at olgan vaqtlarida ham ayollarning qo‘llaridan tutmaganlar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam mo‘mina-muslima ayolning yolg‘iz o‘zi yoki nomahram erkak bilan birga safar qilishini qattiq man’ etganlar. Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda hazrati Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilarki, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam xutba qilayotib: «Hargiz bir erkak bir ayol kishi bilan xoli qolmasin, agar ayolning mahrami bo‘lsa, mustasno. Ayol kishi mahramsiz zinhor safarga chiqmasin», dedilar. Shunda bir kishi o‘rnidan turib: «Ey Allohning Rasuli! Mening ayolim hajga chiqdi, men esa falon joyda bo‘ladigan g‘azotga yozildim», dedi. U zot sollallohu alayhi vasallam unga: «Sen borib ayoling bilan birga haj qil!» dedilar. Ushbu hadisdan ko‘rinib turibdiki, ayol kishining yolg‘iz o‘zini hatto hajga ham yuborib bo‘lmas ekan. Hatto Alloh yo‘lida, dinu diyonat yo‘lida qilinadigan jihodni qo‘yib bo‘lsa ham, ayoliga mahram bo‘lib hajga borish lozim ekan. Chunki safar mashaqqat va xavfdan xoli emas. Aslida mo‘mina ayollarni mashaqqat va xavfda yolg‘iz qoldirishga mahramlarining erkaklik g‘ururlari ham yo‘l bermasligi kerak. Yo‘lda ayolning xizmatini qilib, uni qiyinchiliklardan, xavf-xatar va turli ko‘ngilsizliklardan himoya etishi kerak. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam nomahram erkak-ayollarning bir-biriga aralashib ketishini juda qattiq man’ qilganlar. Imom Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Abu Usayd al-Ansoriy aytadilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam masjid tashqarisida turib, yo‘lda erkaklar bilan ayollar aralashib ketganini ko‘rdilar va ayollarga: «Sizlar orqada qolinglar, yo‘lning o‘rtasidan emas, chekkasidan yuringlar!» dedilar. Ayollar devor tagidan yura boshladilar. Ular devorga juda yaqin yurganlaridan kiyimlari unga tegib ketar edi».("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:39 | Савол-жавоблар | 151 | Turli savollar