Tilovati sajdaning qazosi

Assalomu alaykum! Men bir yil oldin tajvidni o‘rganib, Qur’on o‘qishni boshladim. O‘sha paytlardan beri “Alaq” surasining oxirgi oyatini ham o‘qir edim. Bu bilan menga sajda qilish vojib bo‘ldi. Menga qancha marta sajda qilish vojib bo‘lganligini bilmayman. Tilovati sajdaning qazosi bormi? Men endi nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Tilovati sajdaning vaqti o‘qilgan yoki eshtilgandan boshlab umrning oxirigachadir. Tahminan necha bor o‘qiganingizni hisoblab, ko‘nglingiz taskin olguncha sajda qilib qo‘ying. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:40 | Савол-жавоблар | 190 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar