Namozdan keyingi tasbeh o‘girish

Assalomu alaykum! Namozdan keyingi tasbeh o‘girish farzmi, sunnatmi yoki vojib? Men ancha vaqtdan beri tasbeh o‘girmayman. Chunki mening bir necha yillik qazo namozimlarim bor. O‘sha qazo namozlarini tez tugatishim uchun tasbeh o‘girmasam noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lmaymanmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozdan keyingi tasbeh o‘girish sunnat. Qazo o‘qiyotganda tasbeh aytishni qoldirsangiz joiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:40 | Савол-жавоблар | 180 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar