Namozni buzsa bo‘ladimi?
Assalamu alaykum! Men Rossiyada stoyankada qo‘riqlovchi(oxran) bo‘lib ishlayman. Ba’zi vaqtlarda sherigim yo‘q bo‘lib, namozni o‘zim o‘qishimga to‘g‘ri keladi. Shunday vaqtlarda mijozlar pul to‘lashga kelib qolishadi va meni namoz o‘qiyotganimni ko‘rib turib ham ataylab chaqirib turib oladiganlari ham topiladi. Mana shunday hollarda namozni buzish mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Namozingizni buzishga hojat yo‘q. Uning o‘rniga farz namozining o‘zini, uning ham faqat farzini ado qilib, vojib va sunnatlarini tark qilishingiz mumkin. Shuning uchun namozda farz bo‘lgan amallarni yaxshilab o‘rganib oling. Bir kun Abu Hanifa va Abu Yusuf rohimatullohi alayhimolar bamdod namoziga kech qoldilar. Shunda Abu Yusuf imomgarchilikka o‘tib, bamdodning farzini, farzlarinigina ado qildi. Shunda Abu Hanifa rohimatullohi alayh “Abu Yusuf faqih bo‘lib qolibdi” dedilar.
Namozni buzgandan ko‘ra, uni farzlarini ado qilib tamomlagan afzal. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:41 | Савол-жавоблар | 154 | Namoz