Kaysida savobi ko‘proq?

Assalamu alaykum! Bir tanishim bir nafasda “Alloh” lafzini ko‘proq takrorlashni mashq qilar ekan. Hozircha bir nafasda 180 marta aytar ekan. Tabiiyki bu juda tez aytishni taqozo qiladi. Mabodo “Alloh” lafzini bemalol, oromida, talaffuzni joyiga qo‘yib bir nafasda emas ko‘proq vaqtda takror qilinsa yaxshi emasmi? Yoki o‘sha tanishimning amali savobliroqmi? Qaysi biri afzal bo‘ladi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir nafas yoki bir necha nafasda aytishning farqi yo‘q. Asosiysi Allohni zikr qilish. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:42 | Савол-жавоблар | 159 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar