Boshqa bir inson nomidan yaxshilik qilish

Assalamu alaykum Ustozlar! Agar biror yaqinim yoki umuman begona nomidan yaxshiliklar qilsam, u odam bu ishdan bexabar bo‘lsa, lekin men rozi bo‘lsam, savoblari o‘sha kishiga boradimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عَنْ عَبْدِ اللّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ عَنْ أَبِيهِ رَضِيَ اللّهُ عنه قَالَ: بَيْنَا أَنَا جَالِسٌ عِنْدَ رَسُولِ اللّهِ صلى الله عليه وسلم: إِذْ أَتَتْهُ امْرَأَةٌ. فَقَالَتْ: إِنّي تَصَدّقْتُ عَلَىَ أُمّي بِجَارِيَةٍ. وَإِنّهَا مَاتَتْ. قَالَ: فَقَالَ: "وَجَبَ أَجْرُكِ. وَرَدّهَا عَلَيْكِ الْمِيْرَاثُ" قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللّهِ إِنّهُ كَانَ عَلَيْهَا صَوْمُ شَهْرٍ. أَفَأَصُومُ عَنْهَا؟ قَالَ: "صُومِي عَنْهَا" قَالَتْ: إِنّهَا لَمْ تَحُجّ قَطّ. أَفَأَحُجّ عَنْهَا؟ قَالَ: "حُجّي عَنْهَا".
Abdulloh ibn Burayda otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
“Bir vaqt men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida o‘tirgan edim, u zot oldiga bir ayol kelib: “Onamga bir joriyani sadaqa qilgan edim. Onam vafot topdi” dedi. U zot: “Ajring vojib bo‘ldi va uni meros senga qaytardi” dedilar. U (ayol): “Ey, Allohning rasuli uning zimmasida bir oyning ro‘zasi bor edi. Uning nomidan ro‘za tutamanmi?” dedi. U zot: “Uning nomidan ro‘za tut” dedilar. U (ayol): “U hech haj ham qilmagan edi. Uning nomidan haj qilsam bo‘ladimi?” dedi. U zot: “Uning nomidan haj qil” dedilar” (Termiziy rivoyati).
Bu hadis badaniy ibodat savobini bag‘ishlash borasida asldir. Hanafiy mazhabi ham shunga zihob qilgan. U hadisdan bu ro‘zani kifoya qilishi lozim bo‘lmaydi. Chunki, so‘ralingan zotning maqsadi mutloq manfaat etishligi bo‘lishi mumkin. Abu Hurayra roziyallohu anhu ishi, ya’ni bir kishi Ashshor masjidida ikki rak’at namoz o‘qib, bu Abu Hurayra roziyallohu anhu uchun deyishi borasidagi hadis tirik kishiga savobini yo‘llash durustligiga dalolat qiladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatda ikkita qurbonlik qilar, birini o‘zlarining nomidan, ikkinchisini ummatlarining nomidan. U zotning bu qilgan qurbonliklari kelajakda keladigan kishilarga ham savobi etishiga dalolat qiladi. SAVOB YO‘LLAShNING HAQIQATI Savob etishi uchun avvalo yaxshi ishni qiluvchi amalini xolis Alloh uchun qilib savob hosil qilib olishi lozim. Savob yo‘llangan kishiga savob etishi uchun xoh u vafot etgan bo‘lsin yoki tirik bo‘lsin mo‘min bo‘lishi shartdir. Mo‘min bo‘lmagan kishiga qilingan xayri ehsonlarning savobi etib bormaydi (Imdodul fatavo).
Bir kishi kimgadir biror ishni savobini yo‘llamoqchi bo‘lsa, avval o‘sha ishni qilib savob hosil qilgan bo‘lishi lozim. U ishni qilmay uning savobini yo‘llashi mumkin emas. Masalan, bir kishi g‘arib yoki miskinlarni mehmon qilib savobini bag‘ishlashni xohlasa, miskinlar ovqatni eb bo‘lganlaridan keyin savobini yo‘llashi lozim bo‘ladi. Savobini yo‘llashda duoga qo‘l ko‘tarib xushu’, xuzu’ bilan: “Ey, Allohim meni u amalimni qabul qilib, uni savobini falon, falonlarga etkazgin” deydi.
وَيَقْرَأُ مِنْ الْقُرْآنِ مَا تَيَسَّرَ لَهُ... اللَّهُمَّ أَوْصِلْ مِثْلَ ثَوَابِ مَا قَرَأْته إلَى فُلَانٍ.
“Muyassar bo‘lganicha tilovat qiladi... Allohim tilovat qilgan narsamning savobini mislini falonchiga etkazgin (deydi)” (Raddul muhtor).(“fiqh.uz” saytidan). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:44 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar