Yoshi kattalarning xizmat qilishi

Assalamu alaykum! Hurmatli hay’at a’zolari! Yoshi katta bo‘lmaganlarga katta yoshdagi shaxslarning xizmat qilishi joizmi? Masalan rahbar odam biror bir marosimga borsa, yoki qo‘li ostida yoshi katta shaxslar ishlasa, o‘zi buni xohlamasada yoki vaziyat taqozosi bilan unga turli holatlarda yoshi kattalar xizmat qilsa joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar o‘sha xizmat yoshi katta odamning o‘z vazifasi bo‘lsa, o‘sha xizmatni qilishni u kishi o‘ziga sharaf deb bilsa, joiz.
عن عبد الله بن مرزوق قال: كانت امرأة بالمدينة تقم المسجد فماتت، فلم يعلم النبي صلى الله عليه وسلم، فمر على قبرها، فقال: ما هذا القبر؟ فقالوا: أم محجن، قال: التي كانت تقم المسجد؟ قالوا: نعم، فصف الناس فصلى عليها. ثم قال: أي العمل وجدت أفضل؟ قالوا: يا رسول الله: أتسمع! قال: ما أنتم بأسمع منها، فذكر أنها أجابته: قم المسج Abdulloh ibn Marzuq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “Madinai munavvarada masjidni tozalovchi bir ayol bo‘lib, u vafot etdi.(boshqa rivoyatlarda qop-qora bir ayol deyilgan) Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning qabri oldidan o‘tganlarida “bu qanday qabr” deb so‘radilar. “Ummu Mihjan” deyishdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Masjidni tozalab yuradiganmi?” dedilar. “Ha” deyishdi. Odamlarni safga turgizib, unga janoza o‘qidilar. So‘ng(qabrdagi ayolga xitob qilib) “Qaysi amalni afzal deb topding” dedilar. “Ey Allohning rasuli u ayol eshitadimi?” deyishdi. “Sizlar uchalik eshita olmaysizlar(sizlardan ham yaxshi eshitadi)” dedilar. Ayol “Masjidni tozalash” dedi”.
Ulamolarimiz ushbu hadisdan masjidni tozalash eng afzal ish ekanligini, kim qanday ishga qodir bo‘lsa, uni haqir sanamay, go‘zal tarzda ado qilishi kerakligini, rohat farog‘atni oxiratga qoldirishni istifoda qilganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga hijrat qilib kelganlarida ellik uch yoshlarida edilar. Shunga qaramay echki va qo‘ylarni sog‘ar, kiyimlarini o‘zlari yamar va mo‘mina onalarimizning uy yumushlariga yordam berar  edilar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:44 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar