Namoz o‘qilmaydigan vaqtlar
Assalamu alaykum! Shom vaqtidan qancha avval namoz o‘qib bo‘lmaydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Asrning ikki vaqti bo‘lib, biri mastahab, ikkinchisi makruhdir. Mustahab vaqt asrning farzini ado qilinganidan keyin quyosh nuri aylanasining ichiga qaytgunichadir(ya’ni quyoshga tik qaraganda quyosh ko‘z nurini olmaydigan vaqt). Undan quyosh botgunicha makruh vaqtdir. Makruh vaqtgacha qazo qilingan farz namozlarini ado qilsa bo‘ladi. Undan keyin joiz emas. Lekin o‘sha kunning asr namozini o‘quvchi odam quyoshning yarmi botib, yarmi qolgan bo‘lsa ham asrni o‘qiydi. Nafl o‘quvchi esa asrni farzini ado qilgach shom vaqti kirgunicha nafl o‘qishi joiz emas. Asrning mustahab va makruh vaqtida janoza hozir bo‘lsa yoki sajda oyatini tilovat qilinsa, ikkisini ham ado qilish joizdir. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:46 | Савол-жавоблар | 172 | Namoz