Mash’al

Assalomu alaykum!  Boshqa joylarda bilmadim, lekin Samarqand shahrida to‘ydan keyin kelinni kuyov xonadoniga olib kelguncha mash’ala yoqib, yor-yor aytib keltirish odat bo‘lgan. Shu odatni qilish joizmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bir vaqtlar mash’alaga ehtiyoj bo‘lar edi, hozir bunga ehtiyoj yo‘q. Yor-yor aytish shariatimizda joiz.
عن بن عباس ثم قال أنكحت عائشة ذات قرابة لها من الأنصار فجاء رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال أهديتم الفتاة قالوا نعم قال أرسلتم معها من يغني قالت لا فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم إن الأنصار قوم فيهم غزل فلو بعثتم معها من يقول أتيناكم أتيناكم فحيانا وحياكم
Ibni Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Oisha roziyallohu anho ansoriylardan bo‘lgan qarindoshini turmushga berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kelib “Qizni kuzatdinglarmi” dedilar. Ular “Ha” deyishdi. “U bilan qo‘shiq aytadiganini ham jo‘natdinglarmi” dedilar. Oisha “Yo‘q” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “U qiz bilan birga “Ataynaakum-ataynaakum fahayyuuna nuhayyiikum” demabsizlarda(Ya’ni bizlar keldik, bizlar keldik, bizlarga salom, sizlarga salom) deydiganlarni ham birga jo‘natganlaringizda edi” dedilar. (Al-mu’jamul avsad). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:46 | Савол-жавоблар | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar