Ish vaqtida o‘qilgan namoz to‘g‘risida

Assalamu alaykum! Biror bir xususiy yoki davlatga qarashli korxona yoki fermada soatbay hisobida ishlayotgan kishi, ish vaqti davomida namoz ibodatini ado qilishligi haqida shu korxona yoki ferma rahbarlarini ogohlantirishi kerakmi? Chunki namoz o‘qish uchun ketgan vaqt ham ish soati hisobiga o‘tib ketadi va ferma bu vaqt uchun ham pul to‘laydi. Lekin bizdagi holatda juma namozi uchun rahbarlardan ruxsat olingan. Javob uchun oldindan Rahmat. Jazakallohumma xoyron.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmon kishi qaerda ishlamasin kun mobaynida farz namozlarni o‘qib olishi hammaga ma’lum. Farzligini bilmaydigan joyda ishlasa, unga ketgan vaqt evaziga maoshidan kechsin yoki boshqa vaqt qo‘shimcha ishlab bersin. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:46 | Савол-жавоблар | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar