Olingan soch haqida

Assalamu alaykum! Biz ayni vaqtda Rossiyada ko‘p qavatli uyda yashaymiz. Soch olish va qisqartirish qo‘limdan keladi. Birga yashagan aka-ukalarimizni sochlarini qisqartirib turaman va olingan sochlarni kanalizatsiyaga oqizib yuboraman. Shu ishlarim to‘g‘rimi? Javob uchun katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Insonning har bir bo‘lagi mukarram hisoblanadi. Hatto uni olingan sochlari va tirnoqlari ham. Fiqhiy kitoblarimizda “Ayol kishilar to‘kilgan sochlarini ham begonaga ko‘rsatish mumkin emas” deyilgan. Shuning uchun ularni to‘plab, biror joyga ko‘mib qo‘ygan afzal. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:53 | Савол-жавоблар | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar