Kreml haqida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar men hozir Moskva shahridaman, eshitgan bo‘lsangizlar bu shaharning markazida Kreml qal’asi bor. Bu erga ishlash uchun kelgan yurtdoshlarim va ko‘plab musulmonlar u joyga Kremlni ko‘rish uchun borishadi. Men “u joyga ko‘rgani borish joiz emas” deb o‘ylayman va qaytaraman. Chunki Kremlning har bir gumbaz uchlarida hoch (ya’ni krest) bor. Men “bu nasroniylarning qandaydir diniy joyimikan” deyman. Bu erga kelganlar esa “Rossiyaga kelib hech bo‘lmasa Kremlni ko‘rib ketaylik” deyishadi. Xullas ularga tushuntira olmayapman. Savolim: Mening fikrlashim va qaytarig‘im to‘g‘rimi? Agar fikrim to‘g‘ri bo‘lsa yana qaytarish uchun qanday ilojini qilsam bo‘ladi? Javob uchun oldindan rahmat. Hammamizga Allohning jamolini ko‘rish nasib etsin Amiyn!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Musulmonlar boshqa din vakillarining ibodatxonasiga kirish borasida ulamolar turlicha fikr aytganlar. Shofe’iylar “Ibodatxonalarda suratlar bo‘lsa, u erga kirish harom”, Hanafiylar esa “ “Barhur Royiq” va “Roddul Muxtor” kitoblarida keltirishicha mutloq joiz emas”, Hanbaliylar esa “Makruh” deganlar. Umar roziyallohu anhu Shomga kelganlarida nasorolarning kattalaridan biri ziyofatga chaqirgan. Shunda Umar roziyallohu anhu “Biz ularning ibodatxonalarida suratlar bo‘lgani uchun ham kirmaymiz” deganlar. Hanbaliy ulamolarining ko‘pchiligi yuqoridagi hadisning davomini dalil qilib, “U erlarga kirsa bo‘ladi” deganlar. Ibn Oiz “Futuhush Shom” kitobida keltirilgan ushbu hadisni dalil qiladilar. Hadisda Umar roziyallohu anhu Shomga kelganlarida nasorolar u zotni ziyofatga chaqirganlar. Umar roziyallohu anhu “Ziyofat qaerda” dedi. “Ibodatxonada” deyishdi. O‘zi borishdan bosh tortib, Ali roziyallohu anhuga odamlar bilan birga borib, nonushta qilib kelinglar dedi. Ali odamlar bilan bordi, kanisaga kirdi va nonushta qildi. So‘ng suratlarga qarab : “Amirul mo‘minin kirsa nima bo‘lar edi ekan” dedilar.
Bu ularning ibodatxonalariga kirish haqidagi hukmdir. Siz aytgan joy ibodatxona emas. Unga kirishlariga ham biror mantiq bo‘lishi kerak. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:54 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar