Cho‘chqa go‘shti bor joyda ishlash

Assalomu alaykum! Men bir kichik magazinda oshpaz bo‘lib ishlayman. Bu erga kelishimdan oldin cho‘chqa go‘shti borligini bilmagandim. Biz idishlarini alohida ajratib qo‘ydik. Bu erda cho‘chqa go‘shti qo‘shilgan kalbasalar bo‘lib, taom tayyorlashda ularni qo‘lqop bilan ushlab tayyorlaymiz. Shu ishxonada ishlash biz musulmonlarga mumkinmi? Maoshimizga harom aralashib qolmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/savol-35896/ Musulmon kishining yurish-turish, muomala, ibodat, odob, gapirayotgan gap-so‘zida musulmonligi ajralib turishi kerak. Toki boshqalar Islom dinida man qilingan ishlarni unga buyurishga jur’at qila olmasinlar. Mabodo shunday hislatlarga ega bo‘lsa ham uni Islomda man qilingan ishlarga buyuriladigan bo‘lsa, u erni tark qilish kerak. Harom qilingan narsalarni eyish harom bo‘lgani kabi, o‘zgalarga taqdim qilish ham harom hisoblanadi.Alloh taolo “Taloq” taloq surasi 2-3-oyatlarida marhamat qiladi :وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا...وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا2. ...Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir.3. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir. Albatta, Alloh O‘z ishini etkazuvchidir. Batahqiq, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygandir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:54 | Савол-жавоблар | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar