Abdulloh Zufarga munosabat
Assalomu alaykum! Men izlash tizimi orqali Abdulloh Zufar ismli odamni maruzlaarini eshitish tavsiya qilinmaydi degan malumotni ko‘rgandim. Aytishlaricha u odam misrda yasharkan. U odamni ko‘p gaplari Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari aytgan gaplarga zid kelgan holatlarni ham juda ko‘p ko‘rganman. Lekin men bilan birga yashaydigan do‘stim maruzalarini astoydil eshitadi, kelajakda Misrga borib o‘sha joyda mutlaq yashashni rejalashtiryapti. Ushbu holat yuzasidan bir nechta savolim bor. Men do‘stimni qilayotgan ishlaridan o‘ziga yoki diniga zarar keltiruvchi oqimlarga aralashib qolyapti deb yomon gumonda bo‘lsam gunoh emasmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gumoningiz o‘rinli bo‘lsa gunoh emas. Din dushmanlari ustozlarining tayini yo‘q, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan silsilalari davom etib kelmayotgan kishilardan moddiy ta’minot evaziga ummatni firqalashda foydalanib kelishmoqda. Albatta bunday insonlar so‘zga notiq, xalqning psixologiyasini o‘rgangan jamiyatdagi zaif va jarohatlangan nuqtalarni yaxshi biladigan bo‘lishadi. Biz siz aytgan insonni ustozlari kimligini, aqiydada nimalarga e’tiqod qilishini, far’iy masalalarda qaysi mazhabga ergashishini bilmaymiz. Ulamolarimiz xam «Din bu ilmdir, bas uni ishonchli kishilardan olinglar, diningizni kimdan olayotganingizga karanglar» deb aytishgan. U yosh yigit ekan hali insonlarni, xususan bizning diyorimizning insonlarni ilmiy saviyasi, siyosiy holatimizni to‘g‘ri baholay olmay bizning tilimizda fatvo aytmoqda. Biz uning kimlarni huzuriga qatnab ilm olganini bilamiz. U xususan ulamolarning darslariga bir tinglovchi sifatida qatnab yurgan. Agar uni aytayotgan gaplarini ularga to‘g‘ri tushuntiradigan bo‘lsa bunday qilishdan uni albatta qaytarishgan bo‘lar edi. Xalqimiz tabiatida qattiq-keskin gapiruvchilarni “haq ekan” deb tushinib olish bor. Holbuki haqni o‘z o‘rnida, holatga qarab gapirish ham ilm, dinning muhim jihatlaridan hisoblanadi. Alloh taolo “An’om” surasida O‘zining haqqida mushriklar noloyiq gaplarni gapirmasliklari uchun quyidagicha marhamat qiladi: وَلاَ تَسُبُّواْ الَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِ اللّهِ فَيَسُبُّواْ اللّهَ عَدْوًا بِغَيْرِ عِلْمٍ كَذَلِكَ زَيَّنَّا لِكُلِّ أُمَّةٍ عَمَلَهُمْ ثُمَّ إِلَى رَبِّهِم مَّرْجِعُهُمْ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا كَانُواْ يَعْمَلُونَ 108. Ularning Allohdan o‘zga ibodat qiladiganlarini so‘kmangizki, bilmasdan, tajovuz ila Allohni so‘kib yurmasinlar. Har bir ummatga o‘z amalini ana shunday chiroyli qilib ko‘rsatib qo‘ydik. So‘ngra esa qaytishlari faqat Robblarigadir. Bas, U qilib yurgan amallarining xabarini berur.
Har bir narsani ikki tomoni bo‘ladi. Masalan ko‘zgu, hamma uning o‘zini ko‘rsatadigan tomoniga qaraydi. Aslida uning hech kim e’tibor qilmaydigan orqa tomoni ham bor. U kishi ham ko‘zguga o‘xshaydi. Vallohu a’lam!
28 Апрел 2022, 13:43 | Савол-жавоблар | 146 | Dolzarb savollar