Shu tushuncha to‘g‘rimi?
Assalamu alaykum! Ustozlar. “Alloh adashtirib qo‘ymasin” degan so‘zim bilan gunohga botmadimmi? Bir aka “Alloh hech qachon adashtirmaydi, bunday deyish noto‘g‘ri” dedi. Men “Alloh adashtirsa uni to‘g‘ri yo‘lga soluvchi yo‘q, Alloh to‘g‘ri yo‘lga solsa uni adashtiruvchi yo‘k” degan mazmunda gapni eshitganimni aytdim. Iltimos shu haqida ma’lumot bersangizlar. Men noto‘g‘ri gapirmadimmi? Agar savolim noo‘rin bo‘lsa uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Allohning go‘zal ism-sifatlaridan biri “Al-Mudill”. Ya’ni “To‘g‘ri yo‘lni xohlamaganlarni adashtiruvchi”dir. Bu ma’nodagi oyatlarni quyida keltirib o‘tamiz. “A’rof” surasi : 186. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yo‘qdir. Ularni tug‘yonlarida tentiragan hollarida tek qo‘yib qo‘yadi.
Demak, ularning zalolatga ketishlariga tug‘yonlari sabab bo‘lgan. O‘sha tug‘yonlari – haddan oshishlari tufayli zalolatga ketdilarmi? Alloh ularni o‘sha tug‘yonlarida tek qo‘yib qo‘yadi, adashib-uloqib, hayron bo‘lib yuraverishadi. Ularni hidoyat qiluvchi topilmaydi. Chunki dastlab o‘zlari hidoyat yo‘lidan yuz o‘girib, tug‘yonga ketdilar. Shu ahvollariga qaramay, ular yana qiyomat soati haqida savol ham berishadi. Binobarin, go‘yo hamma narsani tushunadigandek ko‘rinishga harakat qilishadi.
“Ra’ad” surasida : 33. Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi Zot kim? Ular Allohga sheriklar keltirdilar. Sen: «Ularning nomlarini ayting. Yoki Unga er yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Balki, bu yuzaki gaplardir», – degin. Yo‘q, kufr keltirganlarga makrlari chiroyli ko‘rsatildi va ular yo‘ldan to‘sildilar. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi bo‘lmas.
Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi haqida ulamolar turlicha fikr aytganlar. To‘g‘rirog‘i, jumlaning zikr qilinmagan qismi haqida fikrlar xilma-xil bo‘lgan. Biz o‘shalardan birini oldik.
«Har bir jonning qilgan kasbi ustida turuvchi Zot kim?»
Ya’ni har bir jonning nima qilayotganini har doim bilib, ko‘rib, kuzatib, hisobga olib turuvchi kim? Albatta, Alloh. Bu haqiqatni idrok qilgan har bir jon o‘zini o‘nglab olishi kerak. Ammo
«Ular Allohga sheriklar keltirdilar».
Ya’ni ba’zi odamlar o‘shanday sifatlarga ega bo‘lgan Allohga hech narsaga arzimaydigan maxluqlarni sherik deb e’tiqod qildilar. Ular nimalar o‘zi? Ey Payg‘ambarim, o‘sha mushriklarga:
«Ularning nomlarini ayting», – degin.
Nima ekan o‘zi o‘sha sheriklar? Nomlari bormikan?
«Yoki Unga er yuzida U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi?» – degin.
Ya’ni «Ey mushriklar! Siz Allohga U bilmaydigan narsaning xabarini berasizlarmi? Er yuzida Unga sherik bo‘ladigan boshqa xudolar bor ekan-u, U Zot bilmasmikan?»
«Balki, bu yuzaki gaplardir», – degin.
Ya’ni «Shirk to‘g‘risida aytayotgan gapingiz asossiz, yuzaki gapdir».
«Yo‘q, kufr keltirganlarga makrlari chiroyli ko‘rsatildi va ular yo‘ldan to‘sildilar».
Demak, gap boshqa yoqda ekan. Kofirlarning dinu diyonatga qarshi qilayotgan makr-hiylalari ularga ziynatlab ko‘rsatilibdi. Ular, bu qilayotgan ishimiz to‘g‘ri va go‘zaldir, deb o‘yladilar. Makr-hiylalarida davom etaverdilar. Oqibatda esa Allohning yo‘lidan to‘sildilar. Zalolatga ketdilar.
«Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hech bir hidoyatchi bo‘lmas».
Chunki ular qilmishlariga yarasha, Allohning diniga qarshi makr-hiyla ishlatganlari sababli, jazoga mubtalo bo‘ldilar. Alloh ularga makr-hiylalarini ziynatlab ko‘rsatdi va ularni shu yo‘l bilan zalolatga ketkazdi. Odatda bunday kimsalarga hech bir hidoyatchi topilmaydi. Ular ikki dunyoning badbaxtligiga uchraydilar. “Shuuro” surasida : 44. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga U Zotdan keyin hech bir valiy bo‘lmas. Zolimlarni ko‘rursanki, azobni ko‘rgan chog‘larida: «Qaytishga yo‘l bormikan?» – derlar.
Alloh taoloning hukmini hech qaytarib bo‘lmaydi. Niyati va tabiati buzuq bandalarni Alloh zalolatga uchratishni iroda qilgan bo‘lsa, ish tamom. Endi u odamga hech qanday valiy – homiy va do‘st topib bo‘lmaydi. Hech kim unga biror foyda yoki manfaat bera olmaydi. Unday zolim odamlar bu dunyoda zalolatda o‘tadilar. Oxiratda esa
«Zolimlarni ko‘rursanki, azobni ko‘rgan chog‘larida: «Qaytishga yo‘l bormikan?» – derlar».
U bechoralar biror yo‘l topib, oxiratdan dunyoga qaytishni va iymon keltirib, ibodat qilishni orzu qiladilar. Lekin bu aslo amalga oshmaydigan orzudir. Ular shunday orzu qiladilar-u, ammo hollari boshqacha bo‘ladi.
“Shuuro” surasida :
46. Va ularga Allohdan o‘zga yordam beradigan hech qanday valiylar bo‘lmadi. Alloh kimni zalolatga ketkazsa, bas, unga yo‘l yo‘qdir.
Allohning O‘zi azoblab turgandan keyin, kim ham ularga yordam bera olar edi?! O‘zlaridan ko‘rsinlar. Alloh ularni to‘g‘ri yo‘lga chaqirgan paytda, u da’vatga ijobat qilmadilar, uni qabul etmadilar. Shuning uchun Alloh ularni zalolatga ketkazdi. Alloh zalolatga ketkazgan kimsa uchun hamma narsa berk. U Allohning azobiga uchraydi. Unga hech kim yordam bera olmaydi.("Tafsiri Hilol"). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 15:57 | Савол-жавоблар | 160 | Turli savollar