Do‘konlardagi go‘sht haqida

Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, men Rossiyada ishlayman, Allohga shukur namoz o‘qiyman. Shu erlardagi do‘konlarda tovuq go‘shti sotilib, unga Rossiya Muftiyatining “halol” degan pechati bor. Shu go‘shtni esa bo‘ladimi? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda ikki narsani asosiy qoida qilib olingan.
Birinchisi : Asli harom bo‘lgan narsani, shar’iy yo‘l bilan halol qilinganligi sobit bo‘lmagunicha, u haromligicha qoladi.  Masalan : Go‘shti eyiladigan hayvonlar shariatga muvofiq so‘yilmasa, ulardagi oquvchi qon chiqib ketmaganligi va Allohning ismlaridan birortasi zikr qilgani topilmagani uchun u haromligicha qoladi. Tasmiya aytib so‘yilgani sobit bo‘lgach, halolga hukm qilinadi.
Ikkinchisi : Asli halol bo‘lgan narsalar biror yo‘l bilan harom qilinganligi sobit bo‘lmasa, halolligicha qoladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 15:57 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar