Sizlardan iltimos

Assalamu alaykum! Ustozlar Alloh yo‘lida qilayotgan ishlaringizga O‘zi ajru savoblar ato etsin. Men bir iltimos bilan murjaat qilmoqchiman. Hazratmiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning siyratlari haqida kitob chop qilsangizlar. Chunki kelajak avlodlarimiz shunday o‘zbek allomasi yashab o‘tganini bilishsin. Menimcha Hazratmiz shunga loyiq ilm meroslar qoldirdilar. Men “islom.uz” saytidagi Hazratimizning hayot va ijodlarini o‘qib juda xursand bo‘ldim. Shular kitobda shaklida ham bo‘lsa yaxshi bo‘lar edi. Allohim Hazratmizni O‘z rahmatiga olsin omiyn. Sizlarning ham ezgu ishlaringizda Allohning O‘zi yordamchi bo‘lsin. Amiyn, biz duodamiz, sizlar ham duo qilib turinglar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yozilmoqda. Duo qilib turinglar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:01 | Савол-жавоблар | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar