Hadis roviysi haqida

Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar. Ko‘p hadislarning oxirida "to‘rttovlari rivoyat qilganlar" deb yozib qo‘yiladi. Bular kimlar? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadis istilohida ko‘plab so‘zlar uchraydi. Quyida ularni birma-bir tanishtirib o‘tamiz.
1-Muttafaqun alayh. Unga ittifoq qilingan hadis. Ko‘plab ulamolar bu so‘zdan imom Buxoriy va imom Muslimlarni iroda qilishadi. Bu hadisni ikki imom ma’nosiga ittifoq qilgan bo‘ladilar. Lafzlari boshqacha bo‘lishi mumkin.
2-Rovahussalasah. Uchovlari rivoyat qilgan. Ulardan murod imom Nasa’iy, imom Termiziy va imom Abu Dovudlardir
 3-Rovahul arba’. To‘rttovlari rivoyat qilgan. Ulardan murod sunan egalari bo‘lib, imom Nasa’iy, imom Termiziy va imom Abu Dovud va ibn Mojalardir.
4-Rovahul xomsah. Beshovlari rivoyat qilgan. Ular imom Nasa’iy, imom Termiziy va imom Abu Dovud va ibn Moja va imom Ahmadlar.
5-Rovahul sittah. Oltovlari rivoyat qilgan. Ular imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Nasa’iy, imom Abu Dovud, ibn Mojalardir.
 6-Rovahul sab’a. Ettovlari rivoyat qilgan. Ular imom Buxoriy, imom Muslim, imom Nasa’iy, imom Termiziy, imom Abu Dovud, ibn Moja va imom Ahmadlardir.
7-Rovahul jama’ah. Jamoat rivoyat qilgan. Ular haqida turli fikrlar aytilgan bo‘lib, ba’zilar yuqoridagi olti imom, ba’zilar esa to‘qqiz imom, ya’ni imom Buxoriy, imom Muslim, imom Nasa’iy, imom Termiziy, imom Abu Dovud, imom ibn Moja, imom Ahmad, imom Dorimiy va imom Moliklardir deyishadi.
Bular hadisdagi istiloh bo‘lib, fiqhda boshqa imomlar iroda qilingan. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:01 | Савол-жавоблар | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar