Farishtalarga ozor berish

Assalamu alaykum! Insonlar bilib bilmay gunoh ishlarni qilishadi, shunda farishtalar ozor chekadi deyishadi, shu to‘g‘rimi? Misol uchun, zino yoki shunga o‘xshash narsalar yoki so‘kinganda farishtalar qarab eshitib ozor chekishadi deyilgan. Hatto inson o‘lganda farishtalar “sen tiriklik paytingda bizga shuncha ozor berding senga Alloh taoloning la’nati bo‘lsin” deb osmonga ko‘tarilib ketadi ekan. Mana shu narsalar qanchalik haqiqatga yaqin. Javobingiz uchun kattadan katta rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن عطاء في قوله : " فما بكت عليهم السماء والأرض " قال : بكاؤها حمرة أطرافها .
وقيل : إنما قيل : " فما بكت عليهم السماء والأرض " لأن المؤمن إذا مات ، بكت عليه السماء والأرض أربعين صباحاً ، ولم تبكيا على فرعون وقومه ، لأنه لم يكن لهم عمل يصعد إلى الله صالح ، فتبكي عليهم السماء ، ولا مسجد في الأرض ، فتبكي عليهم الأرض .
A’to ibn Abu Raboh rohimahullohdan rivoyat qilinadi. U kishi Alloh taoloning “Duxon” surasi 29-
Bas, ularga osmon ham, er ham yig‘lamadi va ular muhlat berilganlardan ham bo‘lmadilar.(Tafsiri Hilol)
oyati haqida “Er osmonning yig‘lashi ufqni qizarishidan iboratdir” dedilar. Ushbu oyati karima Fir’avn va uning qavmi g‘arq bo‘lib halokatga duchor bo‘lganida osmonu-er yig‘lamaganligini aytmoqda. Chunki ularni osmonga ko‘tariladigan solih amali yo‘q edi. Erda esa sajda qiladigan joyi bo‘lmagan edi. Mo‘min vafot topganida uning erdan sajda qiladigan joylari, osmondan solih amallari ko‘tariladigan joylar yig‘laydi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:06 | Савол-жавоблар | 148 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar