Imomdan qiroatni so‘rash
Assalomu alaykum! Mahallamiz masjidi imomi yoqimli qiroat qiladi. Bunga ko‘p vaqtlar bo‘ldi. Vatanga qaytgach masjidga borganda, imomdan namozda o‘qiladigan qiroat haqida iltimos qilish mumkinmi? Bu ishni surunkali qilmoqchi emasman. Faqat bir marta, o‘tgan vaqtlarni xotirlab, masalan "Bugun bomdod namozining ikki rak’at farzida “Maryam” surasining oyatlarini zam qiling" deb so‘rash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar imom buni to‘g‘ri qabul qilsa joiz. Bilol roziyallohu anhu Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning vafotlaridan keyin Madinai munavvaraga kelganlarida imom Hasan va Husayn roziyallohu anhumolar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotliklari vaqtini eslab, o‘shandek azon aytib berishlarini so‘raganlar. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:08 | Савол-жавоблар | 168 | Turli savollar