Ayolini o‘z ota uyiga yuborish

Assalomu alaykum! Alloh taolo qilayotgan ishlaringizni bardavom va savobini yanada barokatli qilsin. Er xotinini o‘z tug‘ilgan uyiga yoki qarindoshlarinikiga mehmonga 3-4 kunga yoki undan uzoq muddatga yuborishi mumkinmi? Agar yuboradigan bo‘lsa oiladan baraka yoki er-xotin o‘rtasidan mehr ko‘tarilmaydimi? Umuman buning salbiy oqibatlari yo‘qmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz Shayx Muhammad Sodiq Mhammad Yusuf Hazratlarining "Baxtiyor oila" kitoblarini topib o‘qing. Bu kitobda siz aytayotgan va boshqa bir qancha er-xotin oralaridagi haq huquqlar hamda ularga tegishli hukmlarni bilib olasiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:08 | Савол-жавоблар | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar