Ramazon oyi haqida

Assalamu alaykum! Hurmatli Ustozlar. Savollarimga oydinlik kiritib berganingiz uchun katta rahmat, haqqilaringizga duo qilaman insha Alloh. Hazratimizni Alloh O‘z rahmatiga olsin amin. Bir necha yilda 1 bor Ramazon oyi 29 kun bo‘lib qoladi, bu yil ham shunday bo‘ldi. Biz 29 kun ro‘za tutdik. Nima sababdan xamma mamlakatlar bu yil 29 kun ro‘za tutdi, 30 kun tutib Hayit qilsa bo‘lmasdimi? Men internetda o‘qidim, ko‘rsatilishicha Makkai mukarramada 16-dan 17-iyulga o‘tish kechasi yangi oyni ko‘rishganmish. Bizning ro‘zamiz qanday bo‘ladi? Savolim juda uzun bo‘lgani uchun uzr surayman. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1913. Ibn Umar roziyallohu anhumo aytadi:  «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, biz ummiy ummatmiz, yozmaymiz ham, hisoblamaymiz ham. Oy mana bunday, mana bundaydir», dedilar». Bir safar yigirma to‘qqiz, bir safar o‘ttiz (kun) bo‘ladi, demoqchilar. Ushbu hadisga binoan oy ba’zan yigirma to‘qqiz, ba’zan o‘ttiz kun bo‘ladi. Lekin oldindan hech kim qanday bo‘lishini aytib bera olmaydi. Siz javobgarlikni zimmangizga olmay, zimmasiga olganlarga itoat qilganingiz afzal. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:18 | Савол-жавоблар | 137 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar