O‘gay farzandiga zakot berish

Assalamu alaykum! Agar ikkinchi ayolga uylangan kishi ayolning etaklab kelgan farzandini o‘z qaromog‘iga olgan bo‘lsa, shu farzandni ham boqish o‘z ahli ayoli kabi vojib bo‘ladimi? Agar vojib bo‘lmasa, bu farzandga zakot berish mumkinmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! U farzandni boqish erning zimmasiga vojib emas. Boqish uning asl otasining zimmasiga vojib. Zakot berishga kelsak, unga bersa bo‘ladi. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:20 | Савол-жавоблар | 154 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar