Baqara surasi 31-oyat
Assalomu alaykum! “Baqara” surasi 31-oyatda. Shunday marhamat qilinadi "Va U zot Odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz, degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring! »". Savolim u barcha narsalar nima? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Va Odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ko‘rsatib: «Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, manavilarning ismlarini menga aytib beringchi», – dedi.
Alloh taolo Odamni O‘zining er yuzidagi xalifasi qilayotgan paytda unga ulug‘ bir sirni berganligi ushbu oyatdan bilinib turibdi. U ham bo‘lsa, Odamga ismlarning barchasini o‘rgatishidir. Ya’ni inson o‘zini o‘rab turgan barcha ashyolarning belgisi sifatida ismni, ma’noni ishlatadi. His qilinadigan, jismga ega bo‘lgan narsalarni fahmlash uchun nutqiy ramzlarni ishlatish qudrati inson hayotida eng ulug‘ qudratlardan biri hisoblanadi. Aks holda birovga tog‘ni tushuntirmoqchi bo‘lsang, uni tog‘ning oldiga olib borib, aylantirib ko‘rsatishdan o‘zga chora bo‘lmas edi. Agar Alloh taolo insonga ushbu qobiliyatni bermaganida, er yuzida hayotni tasavvur qilish qiyin bo‘lar edi.
Rivoyatlarda kelishicha, «Buning ismi ot, bunisi tuya, mana bu quyosh, bu esa yulduz», deb hatto kichkina narsalargacha o‘rgatilgan. Ya’ni Odamning er yuzida xalifa bo‘lishining asosiy sabablaridan biri ilm olishga iste’dodining borligidir. Hozirda insonning ilm yordamida borliqning sirlarini kashf etayotgani ham o‘shanda berilgan qobiliyat natijasidir.
Alloh taolo Odamga ismlarning barchasini o‘rgatganidan keyin ularni farishtalarga ro‘baro‘ qildi va «Agar «Er yuzida fasod qiluvchi va qon to‘kuvchi kimsani yaratasanmi?» degan da’volaring rost bo‘lsa, menga ushbu narsalarning ismlarini aytib beringlar», dedi. (“Tafsiri Hilol”). Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:21 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar