Qalbdan kechira olmaslik
Assalomu alaykum! Bir yil avval bir kishi mening 1 million so‘mdan ortiqroq pulimni aldab olgan edi. Uning aldaganini keyinchalik bilib qoldim va unda juda kech edi. Qaytarib olishdan umid yo‘q. Chunki uning o‘ta pastkashligini bilaman. O‘ylasam hozir ham asabim buziladi. Uni ko‘p duoibad qilaman. Chunki u pullarni dadam halol ishlab topgandilar. 2 oylar avval nimadandir qattiq hayajonlanganimda, uni holis Alloh uchun kechirdim, zora mening ham gunohlarim kechirilsa, dedim va o‘ylamay yurdim. Lekin vaqt o‘tib baribir chin qalbimdan kechira olmaganimni tushundim. Tabiatan kechirimli inson bo‘lsamda, lekin uni qancha urinmay kechira olmayapman. U gaplarni hayajon ta’sirida aytgan bo‘lsam kerak. Qiyomatda hisob kitob bo‘ladi, degan umiddaman. Lekin o‘shanda kechirdim, deb qo‘yganim uchun u kechirilgan hisoblanadimi yoki gunohkor bo‘lib qolaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : “Musulmon kishi bir teshikdan ikki bor chaqilmaydi” deganlar. Ya’ni chayoni yoki iloni bor teshikka boshqa qo‘lini tiqmaydi. Bu hadisning ma’nosi shuki, mo‘min kishi o‘z ishiga puxta bo‘lishi kerak, g‘aflatda bo‘lmasligi kerak. Shuningdek arablarda “Allohning do‘sti o‘ch olmaydi. O‘ch oluvchi Allohning do‘sti bo‘la olmaydi” degan maqol bor. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:21 | Савол-жавоблар | 150 | Turli savollar