Ali Abdusalimov Video materiallari haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang” hay’ati. Men so‘ramoqchi bo‘lgan video mahsulotlar, rus tilida bo‘lib, unda hadislar, hikoyalar tafsirlanadi va gapirib beriladi. Video mahsulotlarni rus zabon sharhlovchi "Ali Abdulsalimov" tomonidan o‘qib beriladi. Shu sharhlovchi tomonidan sharhlangan video va audio mahsulotlari, internet tarmoqlarida ko‘p uchiratishingiz mumkin. Bu inson mashhur "Umar ibn Hattob" serialida rus tilida bosh qahramonga ovoz bergan. Ali Abdusalimov bizga ma’lum va mashhur hadis va hikoyalarni o‘qiydi. Asosan Buxoriy va Muslim, ovozi shirali bo‘lib, juda chiroyli va ta’sirli qilib o‘qib beradi. Hozirda men bir qancha insonlar bilan tortishmoqdaman, shu inson va uning videolari hususida. O‘zim izlanib Ali Abdusalimov haqida biror bir yomon ma’lumot topmadim. Savol: Ali Abdusalimov ovoz berib chiqarayotgan videolar haqida nima deysizlar? Uni eshitsa, ko‘rsa bo‘ladimi? Bizda ta’qiqlanmaganmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu odam va uning faoliyati haqida ma’lumotimiz yo‘q. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:21 | Савол-жавоблар | 174 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar