Salomlashish yohud muomala
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, sizlarni yaqinlashib kelayotgan Ramazon Hayit bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Aziz ustozlar sizlardan quyidagi masalalar bo‘yicha maslahatingizga muhtojmiz. Hozir ayrim insonlarga rahm qilib yoki ba’zi yomon ishlariga ko‘z yumsangiz, ular mendan qo‘rqqani uchun yoki obro‘yim uchun qilayapti deb o‘ylashadi. Savolim shuki mahallamizda bir do‘stimiz bor edi. U bilan so‘rarashganimda, mensimasdan ko‘pdan beri so‘rashgisi kelmay zo‘rg‘a (nomiga) so‘rashadi. Boshqalar bilan esa unday emas. Kecha shu do‘stimiz sal uzoqroqdan kelyotgan ekan, uni kutib turdim va yana xuddi shu hol takrorlandi(zo‘rga mensimasdan so‘rashdi). Uni bugun yana ko‘rgandim yo‘lning chetrog‘ida kelyotgan ekan, kecha qilgan ishi esimga tushib ketib, men ham o‘ziga yarasha nomiga so‘rashdim. U bola mensimay indamasdan xuddi jahli chiqganday o‘tib ketdi. Shunday insonlarni ishini sezsak, ular bilan so‘rashmasak bo‘ladimi? Yoki boshqa yaxshiroq yo‘li bormi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Uni nega bunday mu’omala qilishini so‘rang va uni bartaraf qilishga harakat qiling. Arzimas narsa uchun musulmon bir biriga teskari bo‘lishi musulmonlarning tanazzuligi sabab bo‘lmoqda. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:21 | Савол-жавоблар | 136 | Turli savollar