Namozxon gunoh qilsa

Assalamu alaykum! Namoz o‘qib va boshqa farzlarni qo‘ldan kelgancha ado etishga harakat qilib yurgan inson, gunohligini bilsada nafsini, shahvatini jilovlay olmay gunoh qilsa, og‘ir gunohlardan bo‘lgan gunohga qo‘l ursa. Shu holda uning avvalgi ibodatlari xabada bo‘ladimi? Javob uchun oldindan tashakkur!

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson shirk yoki kufr keltirmasa va qilgan yaxshi amallarini minnat qilmasa, gunoh qilgani tufayli qilgan amallarining savobidan mahrum bo‘lmaydi. Agar kufrga olib boradigan so‘zlardan birini aytsa yoki kufr amalini qilsa, avval qilgan savobli amallari habada bo‘ladi va oila qurgan bo‘lsa, oralaridagi nikoh rishtasi uziladi.  Alloh taolo “Zumar” surasi 65-oyatida :
Batahqiq, senga va sendan oldin o‘tganlarga ham: «Agar shirk keltirsang, albatta, amaling behuda ketur va albatta, ziyon ko‘ruvchilardan bo‘lursan.(“Tafsiri Hilol”)
Va “Muhammad” surasi  33-oyatida :
Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat eting, Rasulga itoat eting va amallaringizni botil qilmang. (“Tafsiri Hilol”)
deb marhamat qilgan. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 164 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar