Naftizin tomizsa bo‘ladimi?

Assalamu alaykum! Mening ayolimni alergiyasi bor 3-4 ta yaxshi malakali shifokor va tabiblarga ko‘rsatganmiz tuzalib ketmayapti burni kun bo‘yi bitib yuradi “naftizin” tomizmasa havo etmay nafas olgani qiynaladi. Qishin yozin kun mobaynida 10 martacha tomizadi shunga ro‘zador bo‘lib turib tomizsa ro‘zasiga tasir qiladimi? Oldindan rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ro‘zani ochilish va ochilmasligi tomoqdan biror narsaning o‘tish va o‘tmasligiga bog‘liq. Siz aytgan dorini tomizilganda tomoqdan narsa o‘tsa (odatda o‘tadi ham) ro‘za ochiladi. O‘tmasa ochilmaydi. Bunday kishilar yilning qisqa kunlarida ro‘za tutishga imkoni bo‘lsa, ro‘zani o‘sha vaqtlarda tutishadi. Agar o‘shanday vaqtda ham tuta olmasalar, har kuniga fidya to‘laydilar. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 155 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar