Koreyada salomlashish madaniyati

Assalamu alaykum! Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin. Bir savol bilan murojaat qilmoqdaman iltimos imkon boricha javob bersangizlar. Koreyaga borishni niyat qilgan edik shunga ularning tili va madaniyatini oz-mozdan o‘rganayapman. Ularning salomlashish madaniyati boshqacha ekan. Ular qo‘l bilan deyarli ko‘rishishmas ekan shunchaki bir birlariga egilib salom berishar ekan. Egilishlariyam har xil: 1. Birinchi marta uchrashganda yoki anchadan beri uchrashmaganda 45 gradusga 2. Har kunlik birinchi salomda 20-25 gradusga 3. Bir kunda 2 yoki undan ko‘p ko‘rishganda 5 gradusga egilasiz. Savolim shuki ularning bu salomlashishi bizni dinimizga to‘g‘ri keladimi? Yoki ularning madaniyati bo‘lgani uchun bu ishni biz ham qilsak bo‘laveradimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! [url=https://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/gunohlar/626-ta-zim-ilishda-addan-oshmaslikhttps://fiqh.uz/index.php/ibodat/halol-harom/gunohlar/626-ta-zim-ilishda-addan-oshmaslik[/url] Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:26 | Савол-жавоблар | 180 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar