Ichkuyov
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Erkak kishi ichkuyov bo‘lib qaynota yoki qaynonasikida yashashining shariatdagi hukmi to‘g‘risida ma’lumot bersangiz, iltimos! Yana bir masalada to‘xtalib o‘tmoqchi edim. Negadir mening bundan oldin bergan bir necha savollarimga javob kelmayapti. Bunga asosiy sabab nima bo‘lishi mumkin? Demoqchi bo‘lganim savollarim sayoz berilganmi yoki javob izlanmoqdami? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ichkuyov bo‘lishdan shariatda hech qanday ta’qiq yo‘q. Lekin qaynisingillar orasidagi nomahramlikka e’tibor qaratish kerak. Ya’ni ular sizning yoningizda o‘z singillaringiz kabi yurishlari joiz emas. Ya’ni yuz va kaftlaridan boshqa joylarini yopib yurishlari shart. Vallohu a’lam. Savollaringizning hammasiga to‘liq javob berilgan. Administrator.
26 Май 2022, 16:30 | Савол-жавоблар | 154 | Turli savollar