Bunday tilovat qilish mumkinmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Agar bomdod namoziga sal kechikib uyg‘onsa, vaqt tig‘izligi sababli Qur’on tilovat qilganda Yasin surasini boshidan 5 oyat, o‘rtasidan 5 va oxiridan 5 oyatdan tilovat qilish mumkinmi? Savobi ham to‘liq o‘qigan bilan bir xil bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ma’nosi buzilmaydigan qilib o‘qish joiz. Shuning uchun kichikroq bo‘lsada to‘liq bir surani o‘qiganingiz afzal. Surani chala o‘qilganda savobi to‘liq o‘qiganchalik bo‘lmaydi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu har bir oyatni ta’lim berayotganlarida “bir oyat butun dunyo va undagi barcha narsadan afzaldir” deb ta’lim berar edilar. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:35 | Савол-жавоблар | 137 | Turli savollar