Uylanish uchun ishxonadan qarz olsam…

Assalomu alaykum! Men saytdan o‘qib, “uylanish uchun qarz olish durust emas” degan fikrga keldim. Ammo men ishxonamdan qarz olsam, uni foizsiz  yil davomida maoshimdan olib qoladi. Maoshim yaxshi. Agar uni 4/1 ni olib qoladigan bo‘lsa ham oilam xarajatlariga etadi deb o‘ylayman. Shunday qarz olish mumkinmi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Yigit-qizlar balog‘atga etgach gunohga qo‘l urib qo‘yish havfi bo‘lsa, to‘y kechiktirilmaydi. Sunnat tarzdagi to‘y uchun qarz olishga shar’an ijozat bor. “Roddul muxtor” kitobida : “Valima uchun qarz olish joiz”. Termiziy, Nasaiy va ibni Mojalar rivoyat qilgan hadisda : “Uch kishiga yordam berish Allohning zimmasidadir. Allohning yo‘lida safarbarlikka chiqqan, ado qilishni niyat qilgan mukotab va iffatni iroda qilib nikohlangan”. (Termiziy va Nasaiy rivoyat qilganlar). Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:41 | Савол-жавоблар | 169 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar