Iroq diyori haqida
Saytda Fahri koinot suyukli payg‘ambarimizning nabiralari Imom Hasan va Imom Husayn r. A. Larning qisqacha va juda yumshatib yozilgan tarixlarini o‘qib qalbim bitmas og‘iqqa to‘lib ketdi. Suyukli sahobalar Usmon r. A. , Ali r. A. Larga, shuningdek Allohning eng suyukli do‘sti Janobi Rasulullohning jondan ortiq ko‘rgan nabiralariga qilingan suiqasdlar, Imom Husayn hazratlariga qilingan o‘ta azobli va alamli qotilliklarni, hamda eng achinarlisi, ushbu ishlarni Alloh va uning rasuliga iymon keltirib, o‘zini Islomdanman deb hisoblagan kimsalar tomonidan bo‘lganigini o‘qib, o‘zimni yo‘qotib qo‘ydim. Uzoq vaqt alam bilan hayolga toldim. Siz Dunyo musulmonlari Kengashining a’zosi ekanligingiz tufayli bir savolimga javob bera olasiz, deb uylayman! "Iroq Islomiy davlat, hozirda ushbu davlatning Islom diniga bo‘lgan munosabatlari va hatti-harakatlari, bir so‘z bilan aytganda, to‘g‘rimi? Sizning ushbu davlat diniy ulamolariga bo‘lgan fikringizni bilgim keldi, bu men uchun juda muhim.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Iroq musulmon diyor. Ammo oxirgi paytda Islomga rag‘bati yo‘q kishilar qo‘lida bo‘ldi. Keyin esa, AQSh u erda urush boshladi. Buning oqibatini hamma ko‘rib turibdi. Iroqning ulamolar doimo peshqadam bo‘lganlar. Hozir ham ulardan peshqaramlari bor. Ammo vaziyatlari og‘ir.
27 Май 2022, 00:00 | Савол-жавоблар | 145 | Dolzarb savollar