Adashib savdo qilish

Assalomu alaykum! Men Rossiyada kompyuter va telefon ta’mirlaydigan ustaxonada ishlayman. Bir odam kelib mendan ayfonga zaryadnik kerakligini aytdi va men unga xitoyniki 300 rubl, originali 1500 rubl turishini aytdim va u orginalini berishni so‘radi. Keyin men 1500 rublga originalni sotdim va bir oz vaqtdan so‘ng qarasam adashib xitoynikini beribman, u odam bu vaqtda ketib bo‘lgandi. Hozir nima chora ko‘ray? U odamni tanimayman. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Kelishini kutasiz. Mabodo kelishidan umidingiz uzilsa, kelajakda kelsa berish niyati bilan qiymatini uning nomidan sadaqa qilib yuborasiz. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:41 | Савол-жавоблар | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar