Oliy o‘quv yurti haqida

Assalomu alaykum! Men Farruh Vohobjonov hozirda Koreya davlatida tahsil olyapman. meni o‘ylantirayotgan savol shundaki, hozir muommolar bois Koreyadagi boshqa Universitetga o‘qishmni ko‘chirmoqchi edim, lekin men o‘tmoqchi bulgan biznes yo‘nalishi Hannam universiteti tomonidan ochilgan bo‘lib , bu universitet Xristian universiteti hisoblanar ekan, shuning uchun fikrimdan qaytmoqchiman, Musulmon farzandni bunday univrsitetda o‘qishi mumkinmi ? Agar savolim o‘rinsiz bo‘lgan bo‘lsa uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar hozirgi paytda o‘qib turgan joyingizda o‘qishni davom ettirishga biror monelik bo‘lmasa, u xristian universtitetiga o‘qishni ko‘chirmang. Lekin iloji yo‘q, bundan boshqa chorasi bo‘lmasa, Hannam universtitetida o‘qish jarayonida sizning aqiydangiz, axloqingiz, eng asosiysi diningizga halal bo‘lmasa, ya’ni e’tiqodingiz boshqacha tarafga o‘zgarib ketish xavfi bo‘lmasa, o‘qishni ko‘chirishingizni zarari yo‘q. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:43 | Савол-жавоблар | 127 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar