Ushbu davo turi halolmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli zikr ahlidan so‘rang hay’ati a’zolari. Hozir sizlarga beradigan savolimdan biroz tortinmoqdaman. Ammo majburiyat yuzasidan bu savolni berishga majburman. Opamning mana 10 kundan oshdiki tinmay isitmalari chiqmoqda. Shifoxonada davolanib chiqdilar. Lekin dorilar foyda bermadi. Homilador bo‘lganlari sababli hamma dori vositalari ham mumkin emas. Xullas, 10 kun shifoxonada davolanib chiqqan bo‘lsalar ham baribir isitma chiqishda davom etayapti. Bir shifokor chuvalchangdan bir nima tayyorlab, uni iste’mol qilishni maslahat beribdi. Opam ham, men ham sudralib yuruvchi hayvonlar harom sanalgani bois bu ishda ikkilanib qoldik. “Tib.islom.uz” saytidan izlab ko‘rsam bu mavjudotni qaysi bir kasallik uchun tashqi qo‘llash ya’ni, surtish haqida ma’lumot berilgan. Shuni iste’mol qilish mumkinmi? Savolim noo‘rin va hajmi katta bo‘lib ketgan bo‘lsa va sizlarning vaqtlaringizni olgan bo‘lsam uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Harom narsalardan foydalanish, halol davo topilmagan o‘rinda joiz bo‘ladi. Yuqoridagi holat bizlardan ko‘ra sizlarga yaxshiroq ma’lum. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:43 | Савол-жавоблар | 152 | Turli savollar