O‘rtada turgan odam
Assalomu alaykum! Meni bir narsa anchadan beri qiynaydi. Bir odamni mendan 40.500$ qarzi bor edi. U inson bilan tanishim orqali tanishgandim. Xullas pullarim ishga yuritish uchun olingandi. Oxir oqibat pullarimning qaytishi qiyin bo‘ldi. Tanishim boshida kafillik bergandi. Tanishimga o‘z qurilishi uchun pul kerak bo‘lib, mening nomimdan 30.500$ ni olgan, menga esa “sen xavotir olma, pulingni undirib, chiqarib beraman. U menga ham qarz. Men o‘zimga deb so‘rasam ololmayman” deb kafillik qildi. Xullas pul qaytmadi. Haligi qarzdor mashenik(firibgar) bo‘lib chiqib qamaldi ham. Endi men pulimni kimdan so‘rayman? Sud pullarning hammasini davlat foydasiga chiqardi. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Oxiratimdan qo‘rqqanimdan kimdan so‘rashni bilmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki tarafni eshitmasdan hukm chiqarilmaydi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:46 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki tarafni eshitmasdan hukm chiqarilmaydi. Vallohu a’lam.
26 Май 2022, 16:46 | Савол-жавоблар | 144 | Turli savollar