Sun’iy maydon puli

Assalomu alaykum! Qilayotgan ishlaringizni Allohim xayrli qilsin. Biz do‘stlarim bilan tez-tez futbol o‘ynab turamiz . Ba’zida 2 jamoa kelishgan holda: "kim yutqazsa stadionning ijara pulini to‘lash" deb kelishib o‘ynaymiz. Bunday o‘yin harom hisoblanmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam.

26 Май 2022, 16:50 | Савол-жавоблар | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar