Boshqalarga etkazsam mumkinmi?

Assalamu alaykum! Men shayx Hazratlarining internetda 250dan ortiq qilgan ma’ruzalarini hammasini eshitdim va ko‘rdim. Islom dinini yanada chukurroq tushindim. Lekin o‘zimda ilm yo‘q, insha Alloh Qur’on o‘qishni o‘rganaman. Savolim shuki : Ilmim bo‘lmasa ham uymizdagilarga yoki tanishlarimga shayx Hazratlarining aytgan so‘zlarini ularga aytsam mumkinmi? Chunki biz tomonda ham haligacha ko‘pchilik folbinga borishadi, ribo qilishadi. Albatta bu ularni dindan yaxshi xabarlari bo‘lmaganligidandir. Men shularni qaytarish uchun Hazratning ma’ruzalaridan iqtiboslar aytsam mumkinmi? Men Tojikistondanman. Shayx Hazratlarini Alloh rahmat qilsin. Javob uchun rahmat.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Manbaasini ko‘rsatgan holda hech qanday o‘zgartirish kiritmasdan, saytning o‘zida turgan holda foydalanishingiz mumkin.

26 Май 2022, 16:50 | Савол-жавоблар | 142 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar